ASTRAGALUS TRANSCAPICUS L. EKSTRAKTINING ANALGETIK FAOLLIK XUSUSIYATLARINI TAHLIL QILISH

Anorov Sirojiddin Nozimjon o’g’li

Alfraganus Universiteti Tibbiyot fakultet Talabasi

Keywords: Astragalus transcapicus L., analgetik faollik, issiq plastinka, sirka kislotasi, atsetilxolin.


Abstract

Ushbu maqolada Astragalus turkumiga mansub Astragalus transcapicus L. o‘simliklaridan ajratib olingan ekstraktning analgetik (og‘riqni kamaytiruvchi) faolligi eksperimental sharoitda o‘rganildi. Tadqiqotda tana vazni 18–21 g bo‘lgan naslsiz oq sichqonlarda og‘riq modellarining uch turi — “issiqlik sezuvchanligi” (issiq plastinka testi), “sirka kislotali burishish” va “atsetilxolinli burishish” testlari qo‘llanildi. Har bir test turida o‘simlik ekstraktlari 1.0 dan 100.0 mg/kg gacha bo‘lgan dozalar oralig‘ida og‘iz orqali yuborildi. Referens (taqqoslovchi) preparat sifatida ketoprofen ishlatildi.

O‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, har ikkala o‘simlik ekstrakti markaziy va periferik og‘riq modellarida sezilarli analgetik faollik namoyon etdi. Ayniqsa Astragalus transcapicus L. ekstrakti 25.0–50.0 mg/kg dozalarida issiqlik og‘riq modelida 99.3 % gacha samaradorlikni ko‘rsatdi. Kimyoviy og‘riq testlarida (sirka kislotali va atsetilxolinli burishish) 65.5-68.4% gacha burishishlar sonini kamaytirishga erishdi. Ushbu natijalar o‘simlik ekstraktlarining analgetik faolligi bo‘yicha ketoprofen bilan taqqoslanadigan darajada yuqori samaradorlikka ega ekanligini ko‘rsatadi.

Olingan ilmiy natijalar Astragalus transcapicus L. o‘simligining tarkibida og‘riqni kamaytiruvchi biologik faol moddalarning mavjudligini ko‘rsatadi hamda ushbu o‘simliklarni og‘riqqa qarshi fitopreparatlar ishlab chiqishda istiqbolli manba sifatida tavsiya etishga asos bo‘ladi.


References

1. Vane, J. R., & Botting, R. M. (1995). New insights into the mode of action of anti-inflammatory drugs. Inflammation Research, 44(1), 1–10.

2. Hawkey, C. J. (1999). COX-2 inhibitors. The Lancet, 353(9149), 307–314.

3. Heinrich, M., Barnes, J., Gibbons, S., & Williamson, E. M. (2012). Fundamentals of Pharmacognosy and Phytotherapy. Elsevier Health Sciences.

4. Karimov, Sh., & Buriyev, T. (2021). O‘simlik preparatlari asosida yaratilgan dorilar: farmakologik va klinik izlanishlar. Tibbiyotda Innovatsiyalar, 2(3), 24–30.

5. Shah, A. J., et al. (2016). The pharmacological basis for the medicinal use of Astragalus: A review. Phytotherapy Research, 30(9), 1207–1218.

6. Zhang, W. D., et al. (2007). Chemical constituents and bioactivities of plants from the genus Astragalus. Chemical and Pharmaceutical Bulletin, 55(11), 1535–1549.

7. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Bioetika qo‘mitasi. Hayvonlar bilan ishlashda bioetik me’yorlar: metodik tavsiyalar. — Toshkent: SSV nashriyoti, 2020. — 32 b. — [Elektron resurs]: https://ssv.uz/oz/document/biologik-xavfsizlik-bioetika (mavjud bo‘lgan holatda).

8. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Bioetika qo‘mitasi. Tajriba hayvonlari bilan ishlashda bioetik talablar va laborator sharoitda saqlash qoidalari: uslubiy tavsiyalar. — Toshkent: SSV nashriyoti, 2020. — 28 b.

9. Ворошилов, И. М. Методы экспериментальной оценки анальгезирующей активности веществ. — Москва: Медицина, 2005. — 128 с.

10. Руководство по экспериментальному (доклиническому) изучению новых фармакологических веществ / под общ. ред. Р.У. Хабриева. – 2-е изд., перераб. и доп. – М.: ОАО «Издательство «Медицина», 2005. – 832 с.

11. Костюк, В. А., & Пономаренко, Г. Н. Методы оценки анальгетической активности препаратов. — Киев: Здоров’я, 1990. — 144 с.

12. Миронов А.Н. Руководство по проведению доклинических исследований лекарственных средств. Част первая. М: Гриф и К, 2012.-944 с

13. Le Bars, D., Gozariu, M., & Cadden, S. W. Animal models of nociception. Pharmacological Reviews, 2001, vol. 53, no. 4, pp. 597–652.

14. Ravshanov, Sh. R., & Oripova, M. M. Biotibbiyotda statistik tahlil: o‘quv qo‘llanma. — Toshkent: TTA nashriyoti, 2020. — 112 b.

15. Glantz, S. A. Primer of Biostatistics. 7th ed. — New York: McGraw-Hill Education, 2012. — 320 p. — ISBN: 9780071781503