O‘ZBEKISTON IQTISODIYOTINI RIVOJLANTIRISHDA XUSUSIY TADBIRKORLIKNING ROLINI OSHIRISH VA MOLIYAVIY QO‘LLAB-QUVVATLASH MEXANIZMLAR
Muxammadieva Shahnoza Komiljonovna
Oriental universiteti Iqtisodiyot mutaxassisligi 1-kurs magistranti.
Keywords: xususiy tadbirkorlik, iqtisodiy rivojlanish, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, kredit, grant, subsidiya, lizing, investitsiya, davlat-xususiy sheriklik, tadbirkorlik muhiti, islohotlar, xalqaro tajriba.
Abstract
Mazkur maqolada O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda xususiy tadbirkorlikning o‘rni, uni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari va istiqboldagi rivojlanish yo‘nalishlari yoritilgan. Tadbirkorlik mamlakatning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarini yaxshilash, bandlikni ta’minlash, eksport hajmini oshirish va innovatsion iqtisodiyotni shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Xususiy sektorni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning asosiy shakllari — imtiyozli kreditlar, davlat kafolatlari, grantlar, subsidiyalar, lizing mexanizmlari va davlat-xususiy sheriklik loyihalari tahlil qilinadi. Shuningdek, xalqaro tajriba va mahalliy yutuqlar asosida takliflar ishlab chiqilgan. Maqola tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash orqali O‘zbekiston iqtisodiyoti barqarorligini ta’minlashga xizmat qiluvchi amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.
References
1. Shodmonov Sh. R. – “O‘zbekiston iqtisodiyoti: islohotlar va innovatsion rivojlanish yo‘llari”
2. Xodiev B.Yu. – “Bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlikni rivojlantirish nazariyasi va amaliyoti”
3. Abdullayev N.A. – “Iqtisodiy barqarorlikka erishishda kichik biznesning o‘rni”
4. Ochilov O. A. – “Raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirishda tadbirkorlikning o‘rni”
5. Yo‘ldoshev A. N. – “O‘zbekiston iqtisodiyotida innovatsion rivojlanish yo‘nalishlari”
6. To‘xtayev R. B. – “Tadbirkorlik muhitini yaxshilashda davlat siyosati”
7. Sobirov N. M. – “Qishloq xo‘jaligi sohasida tadbirkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari”














