Nemis tilidagi animalistik frazeologizmlarning o’zbek tiliga tarjima qilish prinsiplari
Fuzuliyeva Mohichehra
O‘zMU talabasi
Achilova Nilufar
Ilmiy rahbar: o‘qit.
Keywords: animalistik frazeologizmlar, tarjima nazariyasi, nemis tili, o‘zbek tili, madaniyatlararo kommunikatsiya, frazeologik birliklar, tarjima usullari, semantik ekvivalentlik, milliy-madaniy xususiyatlar, idiomatik ifodalar.
Abstract
Mazkur maqolada nemis tilidagi animalistik frazeologizmlarni o‘zbek tiliga tarjima qilish prinsiplari lingvistik va madaniy mezonlar asosida tahlil qilinadi. Frazeologik birliklar tarjimasida yuzaga keladigan semantik noaniqliklar, madaniyatlararo tafovutlar hamda ekvivalentlik darajalari ilmiy asosda ko‘rib chiqiladi. Xususan, nemis tilidagi hayvon nomlari ishtirokidagi iboralarning o‘zbek tilidagi funksional va semantik muqobillari aniqlanadi. Maqolada tarjima strategiyalari – to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima, funksional almashtirish, kontekstual moslashtirish hamda izohli tarjima usullari orqali frazeologizmlarni o‘zbek tiliga muvaffaqiyatli o‘tkazish yo‘llari taklif etiladi. Shu bilan birga, maqolada nemis va o‘zbek milliy mentalitetidagi farqlar frazeologik ifodalarga qanday ta’sir ko‘rsatishi ham yoritiladi. Tadqiqot natijalari tarjima jarayonida animalistik frazeologizmlarning milliy-madaniy mazmunini saqlagan holda, ularni o‘zbek tiliga samarali tarzda o‘tkazish uchun ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
References
1. Günter E. Phraseologie. Berlin. 1992. S-13.
2. Harald Burger. Phraseologie: eine Einführung am Beispiel des Deutschen. 4., neu bearb. Aufl. Berlin: Schmidt, 2010. S-239.
3. Jo‘raboyev B. B. Nemis tilini o'qitishda kommunikativ yoritish. Fan va ta’lim.Toshkent. 2020. 215-220-b.
4. Маковский, М.М. Сравнительный словарь мифо-логической символики в индоевропейских языках: Образ мира и миры образов М.М. Маков-ский.- М.: ВЛАДОС. 1996. C-83.
5. Миронова, И.В. Зоометафора в свете антропоцен-тричности языка (на материале английской лекси-ки) И. В. Миронова Методологические проблемы когнитивной лингвистики. Воронеж: Изд-во Воронежского гос. ун-та, 2001. С. 149-151.
6. Rahmonova, M. K. Yoshlarning ma'naviy tarbiyasida yordami O'rta Osiyo ma'naviy-madaniy merosining bir qismi. "Ommaviy navigatsiya texnologiyalarining suv bug'lanishining sferoidlarining global to'planishi" respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasi, Toshkent. 2019. 206-209-b.
7. Umarxo’jayev М. O., Azamov. Nemischa-o’zbekcha zoonim komponentli lug’ati. Andijon. 2016. 79-b.














